AsosiySalomatlik
1978

Kecha O`zbekistonda koronavirusdan kunlik kasallanish keskin ko`tarildi, ikki kishi vafot etdi

'Kecha O`zbekistonda koronavirusdan kunlik kasallanish keskin ko`tarildi, ikki kishi vafot etdi'ning rasmi

Kecha yurtimizda 870 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, birgina Toshkent shahrida 450 nafardan ortiq bemor qayd etildi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati. 

2022 yil 14 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 204173 (+876) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

- 15 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

- 13 nafari Andijon viloyatida,

- 20 nafari Buxoro viloyatida,

- 53 nafari Jizzax viloyatida,

- 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,

- 7 nafari Navoiy viloyatida,

- 23 nafari Namangan viloyatida,

- 48 nafari Samarqand viloyatida,

- 17 nafari Sirdaryo viloyatida,

- 8 nafari Surxondaryo viloyatida,

- 29 nafari Farg`ona viloyatida,

- 37 nafari Xorazm viloyatida,

- 135 nafari Toshkent viloyatida,

- 451 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

- Qoraqalpog`iston Respublikasida 3 nafar,

- Andijon viloyatida 17 nafar,

- Buxoro viloyatida 11 nafar,

- Jizzax viloyatida 24 nafar,

- Qashqadaryo viloyatida 38 nafar,

- Navoiy viloyatida 5 nafar,

- Namangan viloyatida 9 nafar,

- Samarqand viloyatida 76 nafar,

- Sirdaryo viloyatida 3 nafar,

- Surxondaryo viloyatida 5 nafar,

- Farg`ona viloyatida 14 nafar,

- Xorazm viloyatida 25 nafar,

- Toshkent viloyatida 61 nafar,

- Toshkent shahrida 50 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 198283 (+341) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1513 nafarni tashkil qildi.

Ma`lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi "omikron" shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.

Afsuski, so`nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda "omikron" shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat`iy rioya qilib, kasallikka qarshi to`liq emlanishlarini so`rab qolamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar