17 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida bo`lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosari Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
Yuqori martabali mehmon qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi hamda Turkmaniston etakchisining barcha yo`nalishlarda jadal rivojlanib borayotgan Turkmaniston-O`zbekiston aloqalariga yuksak baho berilgan maktubini topshirdi.
Unda Turkmaniston rahbari ikki mamlakatning xalqaro siyosat va mintaqaviy munosabatlar borasidagi pozisiyalari yaqin va o`xshashligini alohida qayd etgan.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko`rib chiqildi.
O`zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, suv va qishloq xo`jaligi sohalarida yangi kooperasiya loyihalarini ro`yobga chiqarish hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo`yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari va bu boradagi amaliy chora-tadbirlarga alohida e`tibor qaratildi. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish muhim ekani ta`kidlandi.
21.10.2022, 13:45
Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...13.10.2022, 11:20
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...29.08.2022, 11:46
Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...17.08.2022, 16:42
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...