Qozog`iston chegarasida O`zbekiston fukarosi qo`lga olindi

Dunyo 18.01.2022, 08:49
Qozog`iston chegarasida O`zbekiston fukarosi qo`lga olindi

Uning qo`l telefonida Chimkentdagi namoyishlarga oid materiallar aniqlangan.

Bu haqda Qozog`iston milliy xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, ayni damda Qozog`istonda chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda reydlar, strategik va boshqa ma`muriy ob`ektlarni qo`riqlash tadbirlarini o`tkazmoqda.

Xizmat davomida ommaviy tartibsizliklarda, talonchilikda ishtirok etish belgilariga ega bo`lgan va suddan qochishga, shu jumladan Qozog`istonni tark etishga urinayotgan shaxslar ushlanishi aytiladi.

Ta`kidlanishicha, xususan, Turkistonning  "Jibek yo`li" nazorat punktida 1993 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi vataniga qaytmoqchi bo`lgan vaqti ushlangan.

Qo`lga olingan shaxsning mobil telefonida Chimkentdagi tartibsizliklar aks etgan videotasvirlar bo`lgan.

Shuningdek, fuqaroning orqa qismida o`q jarohati borligi aytiladi.  Rezina o`qligi tahmin qilinmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur shaxs IIB xodimlariga topshirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1