AsosiyDunyo
2860

Chexiyada karantin qoidalarini atayin buzgan shaxsga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

'Chexiyada karantin qoidalarini atayin buzgan shaxsga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin'ning rasmi

Chexiyaning Vlashim shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro atayin koronavirus infeksiyasini tarqatishda ayblanmoqda. Hukumat uch yillik qamoq jazosini tayinlashi mumkin. Bu haqda huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayanib, Vlesk nashri xabar bermoqda

Xabarda aytilishicha, 2021 yilning noyabrida 43 yoshli erkakning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan. Shifokorlar unga uy sharoitida qolishini buyurishgan. 

U esa jamoat joylariga niqob yoki respiratorsiz tashrif buyurgan. Hattoki, o`zining yaqin qarindoshlarinikiga ham shu tariqa borgani aytilmoqda. 

Polisiya xabariga ko`ra, ushbu erkak 100 nafar kishi bilan aloqada bo`lgan va ularning barchasida kasallik aniqlangan. 

Shu holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar