AsosiyJamiyat

"1300 nafardan ziyod..." O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish soni tobora ortmoqda

'"1300 nafardan ziyod..."  O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish soni tobora ortmoqda'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar soni ortishda davom etmoqda.  Kecha yana 1300 nafardan ziyod kishida infeksiya aniqlandi. Sog`liqni saqlash vazirligi, shuningdek,  4 nafar bemor vafot etganini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 19 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 209578 (+1307) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 39 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 31 nafari Andijon viloyatida,
  • 31 nafari Buxoro viloyatida,
  • 51 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 12 nafari Navoiy viloyatida,
  • 55 nafari Namangan viloyatida,
  • 43 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 34 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 157 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 53 nafari Xorazm viloyatida,
  • 194 nafari Toshkent viloyatida,
  • 568 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1529 nafarni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar