FFV bergan tezkor xabarga ko`ra, bugun tongda Andijondagi transformatorlardan biri yonib ketgan.
Chamasi soat 08:53da Andijon viloyati Andijon tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limiga "Sultonobod" MFY hududida joylashgan transformatorda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.
"Voqea joyiga 1 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 09:01da etib borgan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan transformator elektr tarmog`idan uzilgandan so`ng yong`in soat 09:10da to`liq bartaraf etilgan",-deya ma`lumot berdi FVV.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`qligi aytiladi.
"Hozirda yong`in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.