SSV COVID-19ga qarshi qo`llanilgan vaksina miqdori 41 million dozadan oshgani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, 19 yanvarda O`zbekiston bo`ylab 114 431 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 18 235 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 40 706 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 55 490 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha jami 41 028 634 doza vaksinadan foydalanilgan bo`lib, ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 19 113 109 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 14 253 025 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 7 662 500 nafarni tashkil qildi.
Shuningdek, kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Toshkent shahri (18 425 doza),
- Samarqand viloyati (15 110 doza),
- Farg`ona viloyati (11 877 doza) egallagan.
Eslatib o`tamiz, Toshkent shahri koronavirusga chalinish bo`yicha ham emlash bo`yicha ham yuqori o`rinlarda.