1

Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi

Siyosat 20.01.2022, 19:04
Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 yanvar kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O`zbekiston-Turkmaniston do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida mustahkamlashning dolzarb masalalari batafsil ko`rib chiqildi.

O`zaro savdo ko`rsatkichlarining barqaror o`sishi, sanoat, energetika, qishloq va suv xo`jaligi, transport sohalarida amaliy hamkorlik ko`lamining kengayishiga xizmat qilayotgan kooperasiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan ta`kidlandi. Hududlararo almashinuvlar faollashib, birgalikda muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Etakchilar yaqinda o`tgan hukumatlararo muzokaralarning natijalarini yuksak baholab, ikki birodar mamlakat o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish muhim ekanini qayd etdilar.

O`zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari mintaqa kun tartibi va ko`p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Bo`lajak uchrashuv va tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek iliq, do`stona va konstruktiv ruhda o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1