AsosiyDunyo
3984

"Omikron" necha yoshdagi bolalar uchun xavfli ekanligi ma`lum bo`ldi

'"Omikron" necha yoshdagi bolalar uchun xavfli ekanligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Koronavirusning "omikron" shtami qaysi yoshdagi bollarlarda ko`p kuzatilayotgani va xavf solayotgani borasida ma`lumot berildi. Bu haqda Rospotrebnadzor Markaziy Epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori o`rinbosari Aleksandr Gorelov TASSga ma`lum qildi.

Gorelov so`zlariga ko`ra, ikki yoshdan besh yoshgacha bo`lgan bolalar uchun "omikron" xavfi bo`lmoqda. Ayni shu yoshdagi bolalar ko`proq kasallanmoqda. 

"Biz bolalarning bu jarayonga tobora ko`proq jalb qilinayotganini kuzatmoqdamiz. Ayniqsa, ikki yoshdan besh yoshgacha bo`lgan yosh bolalar uchun xavfli ekanini aytib o`tishim kerak. Bu kasallik yuqori nafas olish yo`llari va bronxlarning shikastlanishi bilan yuzaga kelmoqda. Qolaversa, har uchinchi bolada diareya borligi ma`lum bo`ldi" - dedi Gorelov. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar