Dunyo olimlari: Koronavirusga qarshi vaksinalar 5-11 yoshli bolalarda 90,7 foiz samara beradi

Salomatlik 21.01.2022, 12:22
Dunyo olimlari: Koronavirusga qarshi vaksinalar 5-11 yoshli bolalarda 90,7 foiz samara beradi

Dunyoda koronavirusga chalinayotganlar orasida bolalar ham ko`p. Ayniqsa, COVID-19ning “omikron” shtammi bugungi kunda jajji bemorlar salomatligiga ham xavf solmoqda.  

Vaholanki, bunga qarshi kurashishning samarali vositasi mavjud. Shu sababli JSST o`tgan yilning iyun oyida 5-11 yoshli bolalarni emlashga ruxsat berdi.  

Sababi ushbu yosh guruhidagi bolalar o`rtasida koronavirusga qarshi emlanish 90,7 foiz samaradorlik ko`rsatdi.

Bu imkoniyatdan birinchi bo`lib Xitoy foydalandi. Mamlakat rasmiylari iyul oyidayoq “Sinovac” va “Sinopharm” kompaniyalari vaksinalarini uch yoshdan oshgan bolalarda qo`llashni ma`qulladi.  

15 sentyabrdan esa Kubada ikki yoshli bolalar o`rtasida emlash kampaniyasi boshlandi. Sal o`tib, ya`ni 15 oktyabrdan bu safga Ekvador ham qo`shildi. Bu erda 5-11 yoshli bolalar ham “Pfizer”ning odatdagi dozasi uchdan bir qismini, olti oydan keyin esa ushbu vaksinaning ikkinchi komponentini, kattaroq yoshdagilar interval bilan ikki marta “Sinovac” dozasini olishga kirishdi.  

O`tgan yilning noyabr oyidan AQShda ham xuddi shu yoshdagilarni “Pfizer – BioNTech” vaksinasi bilan emlashga ruxsat berildi.  

Qolaversa, Germaniya, Ispaniya, Gresiya, Italiya, Portugaliya, Fransiya, Vengriya, Isroil, Braziliya, Avstraliya kabi qator davlatlarda ham kichik yoshli o`g`il-qizlarni emlash tadbirlari davom ettirilmoqda.  

Buyuk Britaniya, Kanada, Belgiya, Estoniya, Saudiya Arabistoni hukumatlari ham shu yoshdagi bolalarni emlashga ruxsat bergan.  

 Kosta-Rika esa dunyoda 5 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun COVID-19ga qarshi majburiy emlashni joriy qilgan birinchi davlat bo`ldi. Bu erda vaksinasiya jarayonlari 2022 yil mart oyidan boshlanadi. Yaponiya hukumati esa ushbu yoshdagi o`g`il-qizlarni emlashga fevral oyidan kirishmoqchi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1