AsosiyJamiyat

So`nggi bir kunda O`zbekistonda koronavirusdan kunlik kasallanish soni ortdi, to`rt kishi vafot etdi

'So`nggi bir kunda O`zbekistonda koronavirusdan kunlik kasallanish soni ortdi, to`rt kishi vafot etdi'ning rasmi

Kecha yurtimizda qariyb 1400 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.  Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

2022 yil 21 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 212289 (+1390) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

- 57 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

- 41 nafari Andijon viloyatida,

- 59 nafari Buxoro viloyatida,

- 53 nafari Jizzax viloyatida,

- 26 nafari Qashqadaryo viloyatida,

- 22 nafari Navoiy viloyatida,

- 45 nafari Namangan viloyatida,

- 39 nafari Samarqand viloyatida,

- 19 nafari Sirdaryo viloyatida,

- 77 nafari Surxondaryo viloyatida,

- 142 nafari Farg`ona viloyatida,

- 51 nafari Xorazm viloyatida,

- 183 nafari Toshkent viloyatida,

- 576 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

- Andijon viloyatida 16 nafar,

- Buxoro viloyatida 60 nafar,

- Jizzax viloyatida 14 nafar,

- Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,

- Namangan viloyatida 19 nafar,

- Samarqand viloyatida 20 nafar,

- Surxondaryo viloyatida 66 nafar,

 - Farg`ona viloyatida 15 nafar,

- Toshkent viloyatida 77 nafar,

- Toshkent shahrida 132 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 202149 (+437) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

- 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1536 nafarni tashkil qildi. Shuningdek, kecha 289 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Boshqa yangiliklar