AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yantoq va qamishdan innovasion ozuq-em ishlab chiqariladi

'Qashqadaryoda yantoq va qamishdan innovasion ozuq-em ishlab chiqariladi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida yantoq va qamishdan innovasion ozuqa-em ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Yantoq va qamishdan foydalanib chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik xo`jaliklari uchun em ishlab chiqarish" startap loyihasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan qo`llab-quvvatlanib, loyiha uchun Innovasion rivojlantirish va novatorlik g`oyalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari hisobidan 1,4 mlrd so`m ajratilgandi.

Uskunaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 25-30 tonnani tashkil etib, oqsilga boy, hamyonbop ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 

Loyiha tashabbuskori “Shaxinabonu xazina barakasi” MChJ tomonidan ayni paytda 20 nafar yangi ish o`rinlari yaratildi. Shuningdek, kelgusida mavsumiy ishchilar ham olish rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar