1

Immunolog tashqi havoda ma`lum sharoitlardagina kishilarga koronavirusning omikron shtammi yuqmasligini ma`lum qildi

Salomatlik 22.01.2022, 14:02
Immunolog tashqi havoda ma`lum sharoitlardagina kishilarga koronavirusning omikron shtammi yuqmasligini ma`lum qildi

Immunolog Mixail Kostinov tashqi havoda ma`lum sharoitlardagina kishilarga koronavirusning omikron shtammi yuqmasligini ma`lum qildi.

''Virusning odamdan odamga o`tmasligi ko`p narsa,  masalan, havo harorati(harorat qanchalik past bo`lsa, virusga shunchalik zararli), yog`ingarchilik(yomg`ir, qor va shiddatli yog`inlar virusni tez erga tushiradi), shamol tezligi va yo`nalishi kabi tabiiy omillar va eng muhimi oraliq masofa saqlashga ham bog`liq.'' deydi mutaxasis ''Argument i Fakt'' jurnalga bergan intervyusida.

Uning so`zlariga ko`ra, tashqi muhitda odamlar bir biri bilan gaplashganda, quchoqlashib so`rashganda virus yuqish xavfi sezilarli oshadi. Biror kimsaga qarata, aksirish va yo`talish ham xavfni karrasiga oshirishi mumkin. Kostinovning qo`shimcha qilishicha, odam gavjum joylarda albatta niqob taqish lozim, odamlar mavjud emas joylarda esa niqobni echib qo`yish mumkin.

Koronavirusning omikron shtammi noyabr oyida Botsvana va JAR da topilgan. Yangi variant allaqachon 120 ta davlatda, jumladan, O`zbekistonda ham aniqlangan. U oldingi delta shtammiga nsbitan 16 barobar tezroq tarqaladi va dominant xususiyatga ega.

Noqulay ob-havo sharoiti virusning yangi shtammlari tarqalishini biroz pasaytiradi, ammo bizning mintaqada iliq va yog`insiz qish holatni yanada og`irlashtirmoqda. Ayniqsa, bu mavsum vodiy viloyatlari va boshqa viloyatlarda ham grip, shamollash va virus bilan bog`liq kasalliklar tez avj olmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1