1

Andijonda xorijiy davlatga ishga yubormoqchi bo`lib pora olgan MChJ rahbari ushlandi

Jinoyat 22.01.2022, 15:17
Andijonda xorijiy davlatga ishga yubormoqchi bo`lib pora olgan MChJ rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan “L.H.” MChJ rahbari A.T. fuqaro R.dan uni Polsha davlatiga yuk tashish avtomashina haydovchiligi vazifasiga ishlash uchun tanishlari orqali ishga yuborishni 3 500 AQSh dollariga kelishib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, MChJ rahbari A.T. muqaddam fuqaro M.X. va boshqalarni xorijiy davlatlarga ishga yuborishga ishontirib, ularning jami 4 200 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1