Namanganda o`quvchiga berilgan noutbuk nima sababdan olib qo`yilgani ma`lum qilindi

Jamiyat 22.01.2022, 22:15
Namanganda o`quvchiga berilgan noutbuk nima sababdan olib qo`yilgani ma`lum qilindi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Norin tumanidagi 1-maktab o`quvchisiga berilgan noutbuk qaytarib olingani haqidagi videomurojaat tarqalgan edi

Mazkur holat bo`yicha tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan o`rganish o`tkazilganda, maktab ma`muriyati kelishgan holda 24 yanvar kuni o`quvchilar ta`tildan qaytgandan so`ng,  noutbukni ertalabki saflanishda barcha o`quvchilar orasida tantanali ravishda topshirish maqsadida olingani aniqlandi. Bu haqda Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi

"O`rganish jarayonida shu kunning o`zida noutbuk  Murodjon Ergashalievga qaytarib berildi. Yuqoridagi holat bo`yicha Norin tuman xalq ta`limi bo`limi hamda 1-sonli maktab faoliyati yuzasidan   viloyat xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan  xizmat tekshiruvi o`tkazish rejalashtirildi", - deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1