AsosiyJAMIYAT

Navoiyda avtomobilni jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimi ayovsiz do`pposlandi (video)

Ijtimoiy tarmoqda Navoiyda YPX xodimi va haydovchi o`rtasida yuzaga kelgan tortishuv janja...

'Navoiyda avtomobilni jarima maydoniga olib ketayotgan YPX xodimi ayovsiz do`pposlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Navoiyda YPX xodimi va haydovchi o`rtasida yuzaga kelgan tortishuv janjalga aylangani aks etgan video tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati bu haqda ma`lumot berdi.

Ta`kidlanishicha, 22 yanvar kuni soat 12:20 larda, Navoiy viloyati, Navbahor tumani hududidan o`tuvchi A-379 avtomobil yo`lining 3-kilometrida YPX xodimi D.Toshov tomonidan "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan. 

Tekshiruv davomida haydovchi yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanishi, uning yonida kunlik yo`l varaqasi mavjud emasligi ma`lum bo`lgan. Shundan so`ng, YPX xodimi tomonidan haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketilayotgan vaqtda, haydovchi, 1993 yilda tug`ilgan A.T. YPX xodimiga faol qarshilik ko`rsatgan va tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.

️Holat sodir bo`lgan joyga tuman IIB tezkor-tergov guruhi va prokuratura xodimlari chiqib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

️Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Denovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumon qilinmoqda'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:12

    Denovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumon qilinmoqda

    Hozircha voqea aynan qachon sodir bo'lgani rasman ma'lum qilinmagan.

    '1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:07

    1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

    6 yoshli bolalar uchun esa maktabgacha tayyorlovning majburiy bir yillik guruhlari faoliyat yuritadi.

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:30

    'Yaponiya meri tarixda ilk bor tuğruq ta'tiliga chiqadi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 03:55

    Yaponiya meri tarixda ilk bor tuğruq ta'tiliga chiqadi

    Mernimg aytishicha, u rahbarlik lavozimlaridagi ayollar ham oila va ish o‘rtasida muvozanatni saqlashi mumkinligini ko‘rsatishni istaydi.

    'Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yo‘lida tunnel qazish 9 kilometrdan oshdi'ning rasmi

    JAMIYAT 07.06.2026 17:39

    Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yo‘lida tunnel qazish 9 kilometrdan oshdi

    Loyiha doirasida jami 29 ta tunnel, 50 ta ko‘prik hamda 19 ta stansiya, jumladan, ikki ta chegara stansiyasi va yuk ortish-tushirish bekati qurilishi rejalashtirilgan.

    'Qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    JAMIYAT 07.06.2026 11:03

    Qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi

    O'zbekistonda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 6 yildan buyon qidiruvda bo'lgan.