AsosiyJINOYAT

Urgutda “geroin” savdosiga chek qo`yildi

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog`li va ch...

'Urgutda “geroin” savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog`li va chegaradosh hududlardagi tezkor bo`linmalari xodimlari tomonidan Urgut tumani «Torinjak» MFYda yashovchi, 1963 yilda tug`ilgan, G.M. ko`p miqdorda “Geroin” giyohvandlik moddasini sotish va yashash manzilida saqlab kelayotganligi to`g`risida tezkor ma`lumot olingan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu shaxsning jinoiy faoliyatini fosh etish maqsadida 2022 yil 18 yanvar kuni Urgut tumanining “Algar” MFY tezkor tadbir o`tkazildi.

Fuqaro G.M., J. ismli shaxsga ikki dona qog`oz bo`lagiga qadoqlangan geroin giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlanib, uning «Damas» rusumli avtomashinasi ko`zdan kechirilganda, avtomashina salon qismida 2 dona gugurt qutilariga solingan, 7 dona qog`oz bo`lagiga va 1 dona sellofan paket bo`lagiga qadoqlangan sof vazni 0.96 gramm miqdoridagi geroin giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda kannabis yetishtirgan, Xorazmga esa opiy olib ketayotgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

    JINOYAT Bugun 05:09

    Toshkentda kannabis yetishtirgan, Xorazmga esa opiy olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Navoiyda shubhali ko‘ringan erkakning yonidan marixuana, hovlisidan zahriqotil topildi'ning rasmi

    JINOYAT Bugun 04:22

    Navoiyda shubhali ko‘ringan erkakning yonidan marixuana, hovlisidan zahriqotil topildi

    Hozirda ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Toshkentda kriptoaldamchilik bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi'ning rasmi

    JINOYAT 06.06.2026 06:34

    Toshkentda kriptoaldamchilik bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi

    Kriptovalyuta noqonuniy aylanmasi hajmi 1,5 million AQSh dollaridan oshgan.

    'Farg‘ona va Qo‘qonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi'ning rasmi

    JINOYAT 06.06.2026 04:02

    Farg‘ona va Qo‘qonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

    6 mingdan ortiq kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

    'Yangiyo‘lda 1,5 gektar yerni 750 ming dollarga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    JINOYAT 04.06.2026 02:57

    Yangiyo‘lda 1,5 gektar yerni 750 ming dollarga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 1,5 gektar yer maydonini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Qirg‘izistonda O‘zbekistonga olib ketilayotgan 34 kilogrammdan ortiq narkotik musodara qilindi'ning rasmi

    JINOYAT 03.06.2026 10:15

    Qirg‘izistonda O‘zbekistonga olib ketilayotgan 34 kilogrammdan ortiq narkotik musodara qilindi

    Hozirda musodara qilingan moddalarning aniq tarkibini belgilash uchun sud-kimyoviy ekspertiza tayinlangan.