1

“Solixon domla” ishdan bo`shatildi

Jamiyat 23.01.2022, 12:18
“Solixon domla” ishdan bo`shatildi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xalq orasida “Solixon domla” nomi bilan tanilgan, Toshkent viloyati Zangiota tumani “Fath” jome masjidida imom noibi vazifasida ishlab kelgan Ortiqxo`jaev Solixon Mahkamovichning internet tarmoqlaridagi keskin chiqishlari fuqarolar, ayniqsa, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchining e`tirozlariga sabab bo`lgan.

O`zbekiston musulmonlari idorasi mazkur  masalaga o`z munosabatini bildirar ekan, Solixon Ortiqxo`jaev ishdan bo`shatilganini ma`lum qildi. 

"Solixon domla Ortiqxo`jaev aholi, ayniqsa, Toshkent viloyati musulmonlari orasida hurmat-ehtiromga ega bo`lgani e`tiborga olingan holda, 2021 yilda O`zbekiston musulmonlari idorasi tizimiga imom noibi vazifasiga rasman ishga qabul qilingan edi. Mazkur imom noibi xalqimizning diniy ehtiyojlarini qondirishga, taqvo, ilm-ma`rifat, Hazrati Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sunnat bo`lgan islomiy odob-axloq bilan samarali xizmat qiladi, deb umid qilingan edi.

Taassufki, o`tgan davr davomida Diniy idora Solixon domla Ortiqxo`jaevning faoliyatidan kutilgan natijalarni olmadi. Domla birinchidan, aksariyat vaqtini turli hududlarda istiqomat qiluvchi muxlislari taklif etgan to`y-marosimlarga sarflab, ikkinchi tomondan, yashash manzili uzoqda ekanini sabab qilib, biriktirilgan masjidda to`laqonli ishlagani yo`q", - deyiladi xabarda.

Ma`lum qilinishicha, Solixon domla O`zbekiston musulmonlari idorasi ichki mehnat tartibi, buyruqlari, shuningdek, imom-xatib va imom noiblarning odob-axloq qoidalari va mehnat majburiyatlarida axborot tarqatish, ma`ruza qilish masalalarida yuqorida qayd etilgan talablarga rioya eta olmagan. O`tgan davr ichida Solixon domla ijtimoiy tarmoqlarda diniy soha vakili maqomiga zid chiqishlari uchun bir necha bor O`zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan ogohlantirilib, unga tegishli ko`rsatma va tavsiyalar berilgan.

Bundan tashqari, Solixon domla 2021 yilda o`zining chiqishlarida amaldagi qonun talablarini buzgani uchun ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

Shu munosabat bilan O`zbekiston musulmonlari idorasi joriy yilning 20 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi asosida Solixon domla Ortiqxo`jaev bilan mehnat shartnomasini bekor qildi va vazifasidan ozod etdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1