1

Toshkentda tramvay faoliyatini tiklash taklif qilindi

Jamiyat 23.01.2022, 14:31
Toshkentda tramvay faoliyatini tiklash taklif qilindi

«O’zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan «Menimcha» teleloyihasida Toshkent jamoat transportidagi muammolarni hal qilish uchun tramvaylar faoliyatini tiklash taklif qilindi.

Loyiha muallifi Xayrulla Nuriddinov Toshkent shahridagi jamoat transporti muammolari haqida gapirar ekan tramvay faoliyatini tiklash taklifini berdi.

"Transport faoliyatini takomillashtirish maqsadida Toshkentga tramvaylarni qaytarish kerak, menimcha. Katta va gavjum shaharga tramvay juda asqatadi. Hammamizning esimizda-ku o`sha qulay, bejirim, bir tekis yuradigan, eng muhimi ekologiyaga umuman zarar etkazmaydigan qadrdon tramvaylar. Bu mening fikrim, albatta. Agar Toshkent mutasaddilarining o`rnida bo`lganimda, ana shu tashabbus bilan chiqardim", dedi Xayrulla Nuriddinov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1