Surxondaryoda “Telegram” orqali aqidaparastlik g`oyalarini tarqatish bilan shug`ullangan shaxs aniqlandi

Jinoyat 23.01.2022, 17:37
Surxondaryoda “Telegram” orqali aqidaparastlik g`oyalarini tarqatish bilan shug`ullangan shaxs aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Uzun tumanida yashovchi “R. S” “Telegram” messenjeri orqali “Arab tili darsi” nomli kanal tashkil etib, uning a`zolariga arab tilini o`rgatish bahonasida Abdulloh Zufar va boshqa noma`lum shaxslar ma`ruzasini, da`vatlarini joylashtirib, tarqatish hamda targ`ib qilish bilan shug`ullanib kelayotgani aniqlandi.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu holat prosessual tarzda rasmiylashtirib olingach, Din ishlari bo`yicha qo`mitaning ekspertiza xulosasi olingan. Joylashtirilgan materiallar orasida qonunchiligimizda ta`qiqlangan aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan ma`ruzalar mavjudligi ma`lum bo`lgan.
Mazkur holat bo`yicha DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1