1

Rossiyada bir kunda 63 205 nafar kishida koronavirus aniqlandi

Dunyo 23.01.2022, 21:25
Rossiyada bir kunda  63 205 nafar kishida koronavirus aniqlandi

Shuningdek, mamlakatda kun davomida “Covid-19” bilan kasallangan 6211 bemor shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda  РИА Новости yozmoqda.

"Kasalxonaga yotqizilganlar soni 6211 kishini tashkil etdi va bunday ko`rsatkich oldingi kunga nisbatan 37,3 foizga kamaydi", — deyiladi tezkor shtab xabarida.

Bu ko`rsatkichning pasayishi 70 ta hududda aniqlangan, o`sish 12 ta hududda qayd etilgan.

Biroq,  aniqlangan infeksiya holatlari soni pandemiyaning butun davri uchun maksimal ko`rsatkichni ko`rsatgan — 63 205 nafar... 

Poytaxt Moskvaning o`zida esaYu 17 528 kishi infeksiya bilan ro`yxatga olingani aytiladi.

Shifoxonaga yotqizilgan va koronavirusga chalinganlar o`rtasidagi tafovutli raqamlardan ko`rish mumkinki, ushbu shtamm ko`pchilikda engil  o`tmoqda. Bunda ,albatta, emlash jarayonining o`rni katta.

Shunday ekan, kasallikdan qutulishning yagona chorasi emlash v emlanishligini unutmang! 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1