Andijonda fuqarolarni xorijga ishga jo`natmoqchi bo`lgan MChJ rahbari ushlandi

Jinoyat 24.01.2022, 10:24
Andijonda fuqarolarni xorijga ishga jo`natmoqchi bo`lgan MChJ rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIVning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan “L.H.” MChJ rahbari A.T. fuqaro R.dan uni Polsha davlatiga yuk tashish avtomashina haydovchiligi vazifasiga ishlash uchun tanishlari orqali ishga jo`natishni 3 500 AQSh dollariga kelishib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, MChJ rahbari A.T. muqaddam fuqaro M.X. va boshqalarni xorijiy davlatlarga ishga jo`natishga ishontirib, ularning jami 4 200 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-modda (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1