1

COVID-19ga chalinganlarni izolyasiya qilish bo`yicha yangi tavsiyalar e`lon qilindi

Salomatlik 24.01.2022, 13:23
COVID-19ga chalinganlarni izolyasiya qilish bo`yicha yangi tavsiyalar e`lon qilindi

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) kasal odamni izolyasiya qilish va kasal odam bilan muloqot qilish bo`yicha o`z ko`rsatmalarini yangiladi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu tavsiyalar Omikron shtammi bo`yicha olingan ma`lumotlarga asoslangan.

Endi bizga ma`lumki, virusning yangi shtammi kasallik boshlanishidan avval 1-2 kun, shuningdek kasallik boshlanganidan 2-3 kundan keyin eng yuqumli hisoblanadi.

Kasal odam kamida 5 kun davomida to`liq va kamida 24 soat normal tana harorati va o`zini xis qilishi to`liq yaxshilanish sharoitida izolyasiyada bo`lishi kerak.

Virusning tarqalish xavfini kamaytirish uchun boshqa odamlar bilan aloqa qilganda yuziga (bo`yniga emas) 5 kungacha mahkam yopishib turuvchi niqob taqishi kerak.

Koronavirusga chalingan bemor bilan aloqada bo`lgan shaxs 5 kungacha uy sharoitida karantinda bo`lishi, so`ngra boshqa odamlar bilan muloqotda bo`lganida yana 5 kun davomida yuziga mahkam o`rnashgan niqob taqishi kerak. .

Agar odam to`liq va buster doza bilan emlangan bo`lsa, u birinchi 5 kun davomida uyda karantinda bo`lmasligi mumkin, lekin kamida 10 kun davomida boshqa odamlar bilan aloqa qilganda niqob taqishi kerak.

Muhim:

bu tavsiyalar har bir mamlakatda farqlanishi mumkin, shuning uchun ularni shaxsiy nazorat uchun qo`llang, masalan, kasal ekanligingizni yoki kasal odam bilan aloqada bo`lganingizni bilsangiz, lekin shifokorga murojaat qilmagan bo`lsangiz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1