Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot xodimlarining turli assosiasiya va nashrlarga o`z oylik maoshidan mablag` o`tkazishga roziligi haqida yozgan arizalari tarqalgandi.
Cog`liqni saqlash vazirligi ayni paytda mazkur holatlar o`rganilayotganini, mas`ullarga nisbatan tegishli jazo choralari ko`rilayotganini ma`lum qildi.
"Tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan har bir xodimning mehnat qonunchiligi talablari buzilishiga, shifokor va hamshiralarning ish haqidan asossiz va “ixtiyoriy” tarzda turli ushlanmalar olib qolinishiga yo`l qo`yilmaydi",-deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, majburiy mehnatga jalb qilinish yoki ish haqidan noqonuniy ushlab qolishga topshiriq berilsa, vazirlikning 71-241-16-40 telefon raqamiga qo`rqmay murojaat qilish so`ralmoqda.