1

Yaqin soat ichida Toshkent aholisiga suv berila boshlanadi

Jamiyat 25.01.2022, 18:04
Yaqin soat ichida Toshkent aholisiga suv berila boshlanadi

Poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta`minlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta`minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o`chish holati yuzaga kelgan. Shu  tufayli, Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik  suv ta`minoti bilan bog`liq uzilishlar kuzatilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, hozirgi vaqtda elektr ta`minoti qayta tiklagan, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo`yicha tezkor choralar ko`rilmoqda. Yaqin soatlar ichida Toshkent shahri suv ta`minoti oldingi maromiga qaytadi.

Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov "Qodiriya" suv inshootida bo`lib, mavjud holatni o`z nazoratiga olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1