1

O`zbekistondan Moskvaga parvoz qilayotgan samolyotda yo`lovchi erkak vafot etdi. Samolyot Orenburg aeroportiga majburan qo`ndirilgan

Jamiyat 26.01.2022, 11:47
O`zbekistondan Moskvaga parvoz qilayotgan samolyotda yo`lovchi erkak vafot etdi. Samolyot Orenburg aeroportiga majburan qo`ndirilgan

Kecha, 25 yanvar kuni tushdan keyin yo`lovchining sog`lig`i yomonlashgani sababli Orenburg aeroportiga O`zbekiston va Moskva o`rtasida parvoz qilayotgan samolyot zudlik bilan qo`ndi, deya xabar bermoqda Rossiya Tergov qo`mitasining transport bo`yicha Markaziy mintaqalararo tergov boshqarmasi.
Ma`lum qilinishicha, etib kelgan tez yordam brigadasi yo`lovchi erkakni ko`zdan kechirib, uning o`lganini e`lon qilgan.

Rossiya Federasiyasi Tergov qo`mitasining Transport bo`yicha Markaziy mintaqalararo tergov boshqarmasi tergovchilari tekshiruv o`tkazmoqda, hodisaning barcha holatlari aniqlanmoqda. Tekshiruvda prosessual qaror qabul qilinadi, deyilgan dastlabki xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1