Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, shahar Xalq ta`limi bo`limi bosh inspektor-metodisti O.D. maktab o`qituvchilari N.R. va M.N.ning ishonchiga kirib, ularga tanishlari orqali 1 va 2 malaka toifalarini olib berish evaziga 500 AQSh dollari va 3,8 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.