AsosiyJamiyat

Surxondaryoda odamlar yog`och ko`tarib ommaviy mushtlashuvga chiqishdi (video)

'Surxondaryoda odamlar yog`och ko`tarib ommaviy mushtlashuvga chiqishdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyatidagi tog`li hudud mahallalaridan birida ommaviy mushtlashuv sodir bo`lganligi aytilmoqda (odamlarning qo`llarida yog`och bo`laklari va tayoqlar ham bor)” deb nomlangan video tarqaldi.

Viloyat IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2021 yilning  19 dekabr kuni taxminan saot 15:00 da Denov tumani A.Xidoyatov SIU “Ushor” mahallasida yashovchi fuqarolar T.X., N.N. va N.A. lar qarindoshlari fuqarolar R.A., O.A. va O.L. lar oldindan davom etib kelayotgan er masalasida kelishmovchiliklar bo`lganligi sababli, fuqaro N.N. qo`shnisi fuqaro O.A. bilan o`zaro tortishib qolib, bir birlarini haqoratlab tan jarohati etkazgan.

Holat yuzasidan Denov tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, 2022 yil 11 yanvar kuni hukukbuzarlarga tegishli chora kurish uchun ma`muriy tartibda Denov tuman sudiga yuborilgan.

 

    Boshqa yangiliklar