AsosiyJamiyat

Vahshilik! Toshkent “zoopark”ida ayol 3 yashar qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yubordi

'Vahshilik! Toshkent “zoopark”ida ayol 3 yashar qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yubordi'ning rasmi

Bugun, 28-yanvar kuni, soat taxminan 12 larda yosh ayol bizga noma`lum sabablarga ko`ra haloyiqning ko`z oldida kichkina qizaloqni ayiq voleriga tashlab yubordi.  Bu haqda haqda hayvonot bog`ning matbuot xizmati xabar berdi

Xabarda aytilishicha, Kavkaz qo`ng`ir ayig`i o`z volerida yotib olib, qizaloqni metall to`siqdan ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatdi. Mehmonlar va xodimlarning urinishlariga qaramasdan, ayolni to`xtatib qolishning imkoni bo`lmadi, u bolani yirtqichning voleriga otib yuborgan.

Ayiq esa sekingina zovurga tushib, qizaloqni hidlab ko`rdi va undan uzoqlashdi.  

"Yirtqichlar» bo`limi xodimlari tez harakat qilishdi va ayiqni ichki xonaga chaqirishni boshlashdi, ayiq ham qarshilik ko`rsatmasdan xonaga kirdi.

Bola hayvonot bog`ining hamshirasi tomonidan ko`rikdan o`tkazildi. Qizaloq yirtqich tishlari va panjalaridan emas, faqat qariyb 5 metr balandlikdan yiqilish tufayli jarohat olgan. Dastlabki ko`rikda urilishlardan tashqari ko`zga ko`rinarli jiddiy shikastlar aniqlanmadi.  

Ayni damda huquqni muhofaza qilish organlari ushbu voqea sabablarini o`rganishmoqda. Bola shifokorlar nazorati ostida.

Toshkent hayvonot bog`i qizaloqqa tibbiy yordam ko`rsatish bilan bog`liq barcha harajatlarni o`z zimmasiga oladi va uning tezroq tuzalib ketishini tilab qoladi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar