AsosiyJamiyat

OTB O`zbekistonga bir qancha yo`nalishlarda yordam ko`rsatadi

'OTB O`zbekistonga bir qancha yo`nalishlarda yordam ko`rsatadi'ning rasmi

Osiyo taraqqiyot banki O`zbekistonga 2022-2024 yillarda 27 ta loyihani amalga oshirish uchun jami 2,8 milliard dollar ajratadi. Bu haqda bank prezidenti Masasugu Asakava mamlakat Bosh vaziri o`rinbosari, Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan bo`lib o`tgan onlayn konferensiyada ma`lum qilgan.

“OTB O`zbekiston salohiyatini oshirish va yangi rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda yordam berishda davom etadi”, deydi Asakava. 

Joriy yilda bank O`zbekistonga bir qancha yo`nalishlarda yordam ko`rsatish niyatida, jumladan:

•  qayta tiklanadigan energetika;
•  suv resurslariga investisiyalar, shaharlar infratuzilmasini va yo`llarni rivojlantirish;
•  davlat korxonalarini Davlat hususiy sheriklik asosida kreditlash;
•  ipoteka bozorini rivojlantirishga ko`maklashish;
•  kredit kafolatlari va loyihaga tayyorlikni moliyalashtirish.

Qayd etilishicha, OTB O`zbekistonda 2022-2024-yillarda jami 2,8 milliard dollarlik 27 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan, shundan 3 tasi 524 million dollarlik loyiha joriy yilda amalga oshiriladi.

Shuningdek, bank Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligining boshqaruv salohiyatini oshirish uchun maslahatchilarni taqdim etadi.

Ma`lum qilinishicha, OTB Navoiy viloyatida o`tgan yili avgust oyida ishga tushirilgan fotoelektrostansiyasini qurish uchun 17,5 million dollar ajratgan. Bundan tashqari, quyosh energetikasini rivojlantirish dasturi doirasida Surxondaryo va Qashqadaryoda quyosh elektr stansiyalarini qurish bo`yicha ikkita tender e`lon qilingan.

Qolaversa, bank ko`magida Toshkent shahar hokimligi Fransiyaning “Veolia” kompaniyasi bilan shahar isitish tizimini boshqarish va modernizasiya qilish bo`yicha shartnoma imzolagan.

Ta`kidlanishicha, Sardor Umurzoqov bankdan O`zbekistondagi yo`llarni ta`mirlashga xususiy sektorni jalb qilishda yordam so`ragan.

    Boshqa yangiliklar