AsosiyJamiyat

4-6 fevralda respublika bo`yicha shamol kuchayib, chang-to`zon kuzatiladi — "O`zgidromet"

'4-6 fevralda respublika bo`yicha shamol kuchayib, chang-to`zon kuzatiladi — "O`zgidromet"'ning rasmi

4-6 fevralda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to`zon kuzatiladi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati  xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha :

4 fevralda Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida  18-23 m/s gacha;

5-6 fevralda Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida

18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik kuchli bo`lishi mumkin. Tog`li avtomobil yo`llarda qor uyumlari va ko`rinish yomonlashishi kutilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar