AsosiyJinoyat

Xorazmda prezidentni mast holda haqorat qilgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi

'Xorazmda prezidentni mast holda haqorat qilgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Xorazm viloyati Hazorasp tumani sudi fuqaro S.B.ga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Bu haqda Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov jinoyat ishi materiallariga tayanib xabar bermoqda deya yozdi "kun.uz". 

Ma`lum qilinishicha, 31 yoshdagi fuqaro Telegram ijtimoiy tarmog`idagi «Blogerlar birlashmasi» nomli guruhga a`zo bo`lib, mazkur guruhda O`zbekiston Respublikasining sobiq hamda amaldagi prezidentlarini haqoratlovchi va obro`sizlantiruvchi mazmunda to`g`ridan to`g`ri video materiallar e`lon qilgan.

Sud-lingvistik ekspertiza xulosasiga ko`ra, mazkur materiallar O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 158-moddasi 3-qismida (O`zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikni ifodalaydi. Ayblov xulosasiga ko`ra, fuqaro mazkur jinoyatni og`irlashtiruvchi, ya`ni mast holatda takroran sodir etgan.      

Mazkur ma`lumotni tasdiqlagan Xorazm viloyati sudi matbuot xizmati hukm qonuniy kuchga kirishi uchun 20 kunlik muddat berilgani, javobgar taraf apellyasiya shikoyati bermoqchiligini bildirdi.

Ma`lumot uchun: 2021 yil aprel oyida YouTube va Facebook tarmoqlaridagi profillari orqali O`zbekiston prezidentini haqoratlab, davlat rahbarining obro`siga putur etkazish va kamsituvchi ma`lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelgan Baxmal tumanida yashovchi V.K.ga nisbatan DXX Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan JK 158-moddasi 3-qismi jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. V.K. keyinchalik sud tibbiyot ekspertizasi tomonidan aqliy nosog`lom deb topilib, Samarqand shahridagi 1-sonli psixatriya shifoxonasiga majburiy davolash uchun yuborilgan.

Eslatib o`tamiz, 2021 yil 30 mart kuni Jinoyat kodeksining 158-moddasiga kiritilgan qo`shimchaga asosan O`zbekiston prezidentini internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar