AsosiyJamiyat

Akademik Edvard Rtveladze hayotdan ko`z yumdi

'Akademik Edvard Rtveladze hayotdan ko`z yumdi'ning rasmi

Arxeolog-tarixchi olim, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi , O`zRFA San`atshunoslik institutining katta olimi, tarix fanlari doktori Edvard Rtveladze vafot etdi.  Bu haqda akademiya ma`lum qildi.

U 1942 yilda Gruziyaning Borjomi shahrida tavallud topgan. 1967 yilda tarixchi-arxeolog mutaxassisligi bo`yicha Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Keyinchalik Moskva shahrida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Rtveladze O`rta Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya va Fransiyada olib borilgan 80 dan ortiq ilmiy arxeologik ekspedisiyalar ishtirokchisi. Ko`pgina arxeologik yodgorliklarni ochgan va tekshirgan.

Edvard ilmiy faoliyati uchun 1985 yilda "Beruniy" nomidagi Davlat mukofoti, 2001 yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni, 2003 yilda "Mehnat shuhrati" va 2017 yilda "El-yurt hurmati" ordeni, bilan taqdirlangan.

Qayd etilishicha, shunday yutuqlarga erishgan olim 80 yoshida yorug` olamni tark etdi.

Tarixchi-arxeolog Edvard Rtveladze vafoti munosabati bilan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O‘zEOAVMA) va unga a’zo nodavlat teleradiostansiyalar jamoalari ham chuqur hamdardlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar