1

"O`zkimyosanoat"ning 20 nafar qonunbuzar xodimi ishdan bo`shatilib, 9 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi

Jamiyat 14.02.2022, 15:23
"O`zkimyosanoat"ning 20 nafar qonunbuzar xodimi ishdan bo`shatilib, 9 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi

Bugun AOKAda "O`zkimyosanoat" AJ axborot xizmati rahbari Mastura Hayitova ishtirokida o`tkazilgan brifingda uyushma komplaens xizmatining 2021 yildagi faoliyat yakunlari yuzasidan ma`lumot berildi.

Unga ko`ra, 2021 yilda tizimda manfaatlar to`qnashuvi bilan bog`liq 22 ta holat bartaraf etilgan. Jumladan, 80,4 mlrd so`mlik mineral o`g`itlar kamomadi aniqlanib, rasmiylashtirildi. Hozirgi kunda 29,9 mlrd. so`m mablag` undirildi.

Shuningdek, 500 mln so`mdan ortiq tovar moddiy boyliklar va 100 mln so`mdan ortiq yoqilg`i-moylash materiallari talon-taroj qilinishi va 3,5 mlrd so`m xarajatlar samarasiz ishlatilishining oldi olindi.

"O`zkimyosanoat" AJ faoliyatiga oid turli masalalar bo`yicha murojaatlarni ishonch telefoni — 78 140 74 48 raqami hamda @uzkimyosanoatanticorbot maxsus bot orqali yuborishingiz mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1