1

Toshkentda bir kunda 2 tonnaga yaqin non chiqindiga tashlanadi

Jamiyat 14.02.2022, 15:45
Toshkentda bir kunda 2 tonnaga yaqin non chiqindiga tashlanadi

Toshkent shahri bo`yicha biz 606 ta chiqindi yig`ish maydonchalari mavjud. Chiqindi yig`ish shoxobchalarining 71 foizi Toshkent shahar maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasiga, qolgan 29 foizi esa xususiy xizmat ko`rsatish shoxobchalariga tegishli.

Shahar bo`yicha 1000 ta chiqindi shoxobchasining har biridan kuniga 2-3 kilogrammdan jami 2 tonnaga yaqin non chiqindiga olib chiqib tashlanadi. Ishchilar bu nonlarning yaxshilarini mol-qo`y boqadigan odamlarga berib yuborishadi. Mog`orlaganlarini esa ariqqa oqizishga majbur bo`lishadi.  

Bu haqda O`zAga Toshkent shahar maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi maslahatchisi Ismoil Sagdullaev ma`lumot berdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1