1

Qarshidagi Muruvvat uyida qonun buzilishiga yo`l qo`ygan shaxslar javobgarlikka tortiladi — Prokuratura

Jamiyat 15.02.2022, 12:13
Qarshidagi Muruvvat uyida qonun buzilishiga yo`l qo`ygan shaxslar javobgarlikka tortiladi — Prokuratura

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi Muruvvat uyidagi bolalar holati aks etgan video tarqaldi. Unda muassasadagi tarbyalanuvchilarning qo`llari bog`lab qo`yilgani, gilam ustida uxlab yotgani va bir idishdan bir nechta bolaga ovqat berilgani, ayrim bolalardan hali ovqatlanib bo`lmasdan turib taom bor idishlari tortib olingani aks etgan. 

Ayni paytda Qashqadaryo viloyat prokuraturasining xabar berishicha, Muruvvat uyidagi vaziyat bo`yicha viloyat prokuraturasi organlari va mas`ul tashkilotlar tomonidan o`rganish ishlari davom ettirilmoqda. 

Bugun viloyat prokurori Erkabay Tadjiev tomonidan tekshirish jarayoni joyiga chiqib o`rganilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. O`rganish natijalariga ko`ra qonun buzilishiga yo`l qo`ygan shaxslarning javobgarlik masalasi  hal etiladi, deyiladi xabarda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1