AsosiyJamiyat

3,5 yil ishlagan bo`lsam, davlatning 1 so`m puliga ham xiyonat qilmadim – Jahongir Ortiqxo`jaev

'3,5 yil ishlagan bo`lsam, davlatning 1 so`m puliga ham xiyonat qilmadim –  Jahongir Ortiqxo`jaev'ning rasmi

Toshkent shahar hokimiyatida o`tkazilgan uchrashuv yakunida shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev ham ishtirok etdi va homiylik mablag`laridan foydalanish bilan bog`liq savollarga o`z  munosabatini bildirdi.

“Men ishlagan kompaniyalar – “Akfa”, “Artel” bugun ko`p narsalardan voz kechmoqda. Ya`ni faqat ishlab chiqarishni olib qoladi, qolgan hammasini – magazin, supermarket, gipermarket bularning barchasini sotishga qaror qildi. Bu yil ham Ekobozorni sotdi. Sotilgan pulning yarmiga bankdagi qarzlarini to`lamoqda, yarmiga esa Toshkent shahriga homiylik qilmoqchi.”

Shuningdek, J.Ortiqxo`jaev “Arfamedline” va “Artel” korxonalarining qilayotgan savobli ishlari haqida hisobot bergan.

“Men shu mamlakatning, mana shu yurtning farzandiman. Bozorim ham, mozorim ham shu er. 3,5 yil ishlagan bo`lsam, davlatning 1 so`m puliga ham xiyonat qilmadim"

 

 

    Boshqa yangiliklar