1

Viloyat hokimlariga 2 million gektar suvli er maydonining kamida 10 foiziga beda va chorva ozuqa ekinlarini almashlab ekishni ta`minlash vazifasi qo`yildi

Jamiyat 16.02.2022, 16:56
Viloyat hokimlariga 2 million gektar suvli er maydonining kamida 10 foiziga beda va chorva ozuqa ekinlarini almashlab ekishni ta`minlash vazifasi qo`yildi

Prezident raisligida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda  chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash masalasiga alohida to`xtaldi.

Viloyat hokimlariga 2 million gektar suvli er maydonining kamida 10 foiziga beda va chorva ozuqa ekinlarini almashlab ekishni ta`minlash vazifasi qo`yildi.

Shuningdek, foydalanishdan chiqqan va yangi erlarni o`zlashtirish hisobiga yirik chorva komplekslari tashkil etiladi.

Bunda, Qiziltepada 2021 yilda 1 ming gektar cho`l erlarini o`zlashtirib, 2 ming boshli chorva kompleksi va kuniga 40 tonna sutni qayta ishlash sexini ishga tushirgan, 2022 yilda qo`shimcha 1 ming gektar erni o`zlashtirib, yomg`irlatib va tomchilatib sug`orish texnologiyasini o`rnatgan holda elita urug`chiligini tashkil etishni rejalashtirgan hamda suv tejash texnologiyasi yordamida arpa va makkajo`xori kabi ozuqabop ekinlarni oralatib ekkan  “Yangi Asr” chorvachilik xo`jaligi misoli aytib o`tildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1