1

Shaxmat federasiyasi raisi shaxmatda bemor bolaga yutqazib qo`ydi

Jamiyat 16.02.2022, 17:11
Shaxmat federasiyasi raisi shaxmatda bemor bolaga yutqazib qo`ydi

Avvalroq, Bosh vazir o`rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov Respublika onkologiya markazining alohida bemor bolalariga mehrini ulashgani haqida xabar bergan edik. 

Darakchi.uz jurnalistining xabar berishicha, Aziz Abduxakimov bemor bolalarga turkum kitoblar bilan bir qatorda shaxmat shashka kabi estalik sovg`alari ham ulashdi. 

“Bu kabi tadbirlar bu erda davolanayotgan bolalarning madaniy hordiq chiqarishini ta`minlash, bu borada ular uchun qo`limizdan kelgan barcha imkoniyatdan foydalashimiz zurur deb hisoblayman.  

O`tgan yili muhtaram Prezidentimiz tashriflari davomida markazda davolanayotgan bolalar bilan suhbatlashib, ularning ota-onalariga dalda bergan edilar. O`shanda biz ham oldimizga har yili og`ir xastalik bilan kurashayotgan bolalar holidan muntazam ravishda xabar olish, ularni qiziqishlarini o`rgangan holda shuerning o`zida ular uchun sharoitlar yaratib berishni maqsad qilganmiz”, deb aytib o`tdi Aziz Abduhakimov.

Tadbir davomida bolalar bilan Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va boshqa ishtirokchilar o`rtasida shaxmat o`yinlari tashkil etildi. O`yinda Shaxmat federasiyasi raisi mag`lubiyatga uchradi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1