1

Har bir gektar uchun 8 million so`m subsidiya beriladi – Prezident

Jamiyat 16.02.2022, 17:44
Har bir gektar uchun 8 million so`m subsidiya beriladi – Prezident

Prezident raisligida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda suvni tejash texnologiyalari yordamida ozuqa ekinlari etishtirishni yo`lga qo`ygan xo`jaliklarni qo`llab-quvvatlash uchun vazifalar berildi:

-  har bir gektar uchun 8 million so`m subsidiya beriladi;

- xorijiy kreditlar 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi;

- kredit foizining 14 foizdan oshadigan qismiga kompensasiya va kredit summasining 50 foiziga kafillik beriladi;

- go`sht va sut uchun byudjet hisobidan beriladigan subsidiya miqdori 2 baravarga oshiriladi.

Viloyat va tuman hokimlari yil yakuniga qadar ushbu yo`nalishda 100 ming aholi bandligini ta`minlashga mas`ul bo`ladi.

Prezident 2022 yilda xalqaro moliya tashkilotlaridan 500 million dollar jalb etib, chorvachilikni rivojlantirish loyihalariga yo`naltirish zarurligini qayd etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1