AsosiyJamiyat

Sirdaryoda ayollar mast bo`lib janjal ko`tarishdi

'Sirdaryoda ayollar mast bo`lib janjal ko`tarishdi'ning rasmi

Sayxunobod tumani Farovon mahallasida joylashgan kafeda ayollar spirtli ichimlik iste`mol qilib, janjal ko`tardi. Bu haqda Sirdaryo  viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Tuman IIB xodimlari tomonidan ushbu ayollarga tarbiyaviy va huquqiy tushunchalar berildi. 

Ayollar kafega ovqatlanish maqsadida kelgan. Kafe egalari bilan o`zaro kelisholmay qolib, tuman IIBga xabar berishgan. Shundan so`ng ularni tuman IIB binosiga olib kelishligi tushuntirilganda, IIB mas`ul xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmasdan, qarshilik ko`rsatishgan.

Fuqaro S.O va Sh.U larga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylshtirilib, sud tomonidan ularga nisbatan jazo tayinlandi.

Fuqaro S.Oga 5 sutka ma`muriy qamoq, fuqaro Sh.Uning yolg`iz ona ekanligini inobatga olib, unga eng kam oylik maoshining besh barobarida jarima jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar