O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kechga tomon ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliqgacha isiydi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda havo o`zagrib turadi, ba`zi joylarga yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin, tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.






