AsosiyJamiyat

Toshkentda Eynshteyn portreti va uning formulalari aks ettirilgan devor bo`yab ketildi

'Toshkentda Eynshteyn portreti va uning formulalari aks ettirilgan devor bo`yab ketildi'ning rasmi

Toshkentda Eynshteyn portreti va uning formulalari aks ettirilgan devor bo`yab ketildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqda xabar qoldirildi.

Toshkentning Chilonzor tumanida Albert Eynshteyn portreti turli formulalar bilan birga chizilgan devor bo`yab qo`yilgan.

Rassom Inkuzart tomonidan 103-maktab o`quvchilari uchun chizilgan surat mahalliy diqqatga sazovor joy bo`lgandi: «Bolalar, aholi bu erni yaxshi ko`rishardi, bu erda ekskursiyalar o`tkazishardi», — deya xabar qildi turoperator va gid Rustam Xusanov Facebook`da.

«Ilgari, devorda asosan katta qilib haqoratli so`zlar yozilgan, erda esa pivo idishlari yotardi», — dedi u va kommunal xizmatlar xodimlari harakatini mutlaqo bema`nilik deb atadi.

Inkuzart o`zining Telegram-kanalida «Eralash» hazil-mutoyiba kinojurnalidagi musiqa yangragan videoni e`lon qildi, unda rassom qanday qilib graffitini chizgani, keyin esa ishchilar devorni bo`yab tashlayotgani ko`rsatilgan. «Chilonzor hokimiga rahmat!» — deyiladi video tagida qoldirilgan izohda.

 

    Boshqa yangiliklar