Bahor mavsumida vodiy iste`molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta`minlash maqsadida, 500 kVli L-503 elektr uzatish tarmog`ida ta`mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, bugun, 20 fevral kuni soat 09:30 dan 16:00ga qadar Farg`ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi yuqori kuchlanishli L-503 elektr uzatish tarmog`ida ta`mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan vodiyning ayrim hududlarida ushbu vaqt oralig`ida elektr energiyasi ta`minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.






