Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganda maskali akalar va GAI akalar xalqni qo`rqitib, fuqarolarga nisbatan elektroshokerlarni ishlatishmoqda" izohi bilan xabarlar tarqaldi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, voqea joriy yil 16 fevral kuni soat 20:38 larda Namangan shahar I.Karimov ko`chasida sodir etilgan. YPX inspektorlari tomonidan harakat xavfsizligini ta`minlash yuzasidan xizmat olib borilayotgan vaqtda "Vaz 21011" avtomashinani to`xtatib tekshirilgan. Tekshiruv natijasida haydovchi tegishli ruxsatnomasiz qo`shimcha gaz ballon o`rnatib olganligi sababli avtomashinani ruxsatiz qayta jihozini bartaraf etish uchun ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.
Haydovchi ushbu holatda huquqbuzarligiga to`liq iqrorligini bildirgan bo`lsada, avtomashina yo`lovchisi vaziyatga provakasion tus berib, turli xil bahonalar bilan avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berishini aytib, inspektorni tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib, inspektorlarga nisbatan jamoatchilik orasida salbiy fikr uyg`otishga uringan.
Bayonotda tadbir jarayonida hech bir haydovchiga nisbatan elektroshoker ishlatilmaganligi aytilgan.






