AsosiyDunyo

Qo`shma Shtatlar Rossiyada teraktlar yuz berishidan ogohlantirdi: qaysi hududlar xavf ostida?

'Qo`shma Shtatlar Rossiyada teraktlar yuz berishidan ogohlantirdi: qaysi hududlar xavf ostida?'ning rasmi

Qo`shma Shtatlar o`z fuqarolarini Rossiyaning gavjum joylarda teraktlar sodir etilishi ehtimolidan ogohlantirdi. Rossiyaning yirik shaharlarida favqulodda vaziyatlar kutilmoqda.

Bu haqda AQShning Rossiyadagi elchixonasi saytida xabar berilgan.

Avvalo, Moskva va Sankt-Peterburgda, shuningdek, Ukraina bilan chegaraga yaqin hududlarda ham hujumlar sodir etilishi mumkinligi aytilgan.

“OAV ma`lumotlariga ko`ra, yirik shaharlar, jumladan, Moskva va Sankt-Peterburgdagi savdo markazlari, temir yo`l va metro bekatlari, shuningdek, boshqa odamlar gavjum joylarga, shuningdek, Rossiya bilan Ukraina chegaracidagi keskinlik yuqori bo`lgan hududlarga hujum qilish xavfi mavjud", deyiladi xabarda.

Elchixona odamlarni aholi gavjum joydarda bo`lmasliklarini so`rab, hushyorlikni yo`qotmaslikka chaqirmoqda. 

    Boshqa yangiliklar