O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar qilishicha, bugun O`zbekiston hududi bo`yicha bahoriy iliq, yog`ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kunduz kuni harorat 18-21° iliqgacha ko`tariladi, ushbu kun me`yoridan 7-9° ga yuqoridir.
Ertadan ish haftasining oxirigacha Kavkazdan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda, bunda respublikaning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan birozdan o`rtachagacha bo`lgan yomg`ir yog`adi, tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Havo harorati asosan kechalari 4-9° iliq, kunduz kunlari 13-18° iliq bo`lishi kutilmoqda, bu iqlimiy me`yordan yuqoridir.
Poytaxtimizda hafta davomida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda, faqat 25 fevral, juma kuni biroz yomg`ir yog`ish ehtimoli bor.
Hafta davomida respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.






