"Muhtasham yuz yil" serialidagi Xurram Sulton obrazi orqali tanilgan aktrisa Maryam Uzerli oilasi bilan tushgan arxiv fotosuratlarni namoyish qildi.
Bu haqda "Zamon" yozmoqda.

Germaniyada ulg`aygan aktrisa Instagram’dagi sahifasiga Istanbulga qilgan sayohati aks etgan bir nechta suratlarni joylagan. Maryam Uzerli ko`p yillar davomida o`sha paytdagi tashqi ko`rinishidan xijolat tortganini, hozir esa buni tabassum bilan eslashini aytgan.
Aktirisa xotiralarni eslab:
"Bolaligimda burnimdan uyalardim, shuning uchun men chaqaloqlikdagi va bolalikdagi fotosuratlarimni hech kim bilan baham ko`rmadim", — deydi.

Sadoqatli muxlislar fotosuratlardan xursand bo`lishdi. Izohlarda ko`plab maqtovlarni ko`rish mumkin.

Kuzatuvchilar Mar`yamni juda shirin va chiroyli bola deb bilishlarini tan olishgan.
Mavzuga doir:
"Sulton Sulaymon" Turkiyani tark etmoqchi, sababi...






