Benzin maxsulotlarini talon taroj qilgan fuqarolar aniqlanib ushlandi, deya xabar bermoqda Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti.
Ma`lum qilinishicha, fuqaro B.S, Sh.D., D.I. va boshqa shaxslar bilan o`zganing juda ko`p miqdordagi mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishni maqsad qiladi. Ular joriy yilning 30 yanvar kuni oldindan jinoiy til biriktirib, Rossiya Federasiyasi Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan, Toshkent shahri, Sirg`ali 5-dahasida joylashgan “Carpe Diem Energy” MChJ xorijiy korxonasiga yuborilgan 7 ta sisterna vagonlarga yuklangan AI-95 markali benzin maxsulotlarini o`g`irlab olish ketish uchun vagonlarning tepa qismidagi lyukiga o`rnatilgan tamg`alarni kesib, vagonlarning lyuklarini ochib, o`z boshqaruvlarida bo`lgan neft maxsulotlarini tashishga mo`ljallangan transport vositalariga yuklab olib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur xolat yuzasidan B.S va boshqalarga nisbatan Tergov boshqarmasi O`MIB tergovchisi mayor A.X.Ergashev tomonidan JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.






