AsosiyJamiyat

Mass-media fondi direktori lavozimiga Nozima Davletova tayinlandi

'Mass-media fondi direktori lavozimiga Nozima Davletova tayinlandi'ning rasmi

Mass-media fondi Vasiylik Kengashining navbatdan tashqari yig`ilishida fond direktori lavozimiga Davletova Nozimaning nomzodi tasdiqlandi.

 Bu haqda Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, N.Davletova jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha mutaxassis. U "Xalqaro muzokaralar" sohasida universitetda dars berish tajribasiga ega. Shuningdek, Davletova shu kunga qadar gender masalalari bo`yicha loyihalar tashabbuskori va koordinatori bo`lib ishlagani aytiladi.

Shuningdek, Saida Mirziyoeva ham bunga munosabat bildirib, rahbarlik kursisini egallayotgan ayollardan mamnunligini bildirdi.

"Men rahbar lavozimni egallagan har bir iste`dodli, bilimli ayolni ko`rib, mamnun bo`laman. Nozimaning rahbarlik qobiliyati va katta salohiyatiga ishonaman. Yangi direktorga ushbu mas`uliyatli lavozimda omad, kuch va muvaffaqiyat tilayman",-deydi Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar